Marselo Bielsa: “Biz durangga loyiq edik”
Valverdeni almashtirish orqali hujumni kuchaytirishni maqsad qilgandim.
Marselo Bielsa JCH–2026 guruh bosqichining uchinchi turida Ispaniya milliy terma jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvni tahlil qildi.
Mutaxassis, shuningdek, tanaffusda darvozabon Fernando Musleraning almashtirilishi sababiga ham izoh berdi.
"Men Urugvay futbolchilarining salohiyatini to‘liq namoyon qila olmadim. Valverdeni almashtirish orqali hujumni kuchaytirishni maqsad qilgandim.
Urugvay futboliga qo‘shgan hissam hech narsani anglatmaydi. Agar terma jamoa ijobiy natijaga erishmasa, murabbiyning har qanday hissasi befoyda. Meni qanday eslashlari haqida so‘rasangiz, bor kuchini bergan inson sifatida eslashadi.
O‘yin ancha teng kechdi. Biz durang natijaga loyiq edik va durang o‘ynashimiz kerak edi. Muammo o‘yinda emas edi. Musleraning almashtirilishiga kelsak, bu uning o‘z qarori bo‘ldi", — dedi Bielsa.