Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari o‘rtasida sport musobaqalariga start berildi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuida “Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari konfederatsiyasi kubogi» uchun mini futbol musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi va Tojikiston kasaba uyushmalari mas’ul rahbarlari, soha mutaxassislari, musobaqani o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan mas’ullar kasaba uyushmalarining jamiyat hayotidagi o‘rni, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashdagi ahamiyati, shuningdek, sportning sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishdagi muhim roli haqida fikr bildirdi.
[gallery-28998]
Qayd etilganidek, bunday musobaqalar nafaqat sport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi, balki mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Muhammad AMIN (surat),