Lazizbek Mullajonov Toshkentda jang qiladi
Joriy yilning 29-may kuni Toshkentdagi "Humo Arena" ko‘p tarmoqli majmuada o‘tadigan “WBC Eurasia” professional boks oqshomida havaskor boksda “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, jahon chempioni Lazizbek Mullajonov professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazishi kutilmoqda.
Lazizbek mazkur jangini venesuelalik Luis Xose Marin Garsiyaga qarshi o‘tkazishi rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun, L.Mullajonov professional boksdagi faoliyatida hozirgacha 7 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. L.Garsiya esa ayni damda 17 ta g‘alaba va 12 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Darvoqe, turnirning markaziy jangida o‘zbekistonlik professional bokschi, super yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev Venesuela vakili Egli Moskedaga qarshi ringga ko‘tariladi. Murodjon Ahmadaliyev faoliyati davomida 6 ta jang o‘tkazib, 14 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan. 30 yoshli Egli Moskeda hisobida 27 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bor.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA