Kuvaytda O‘zbekiston gilamlari ko‘rgazmasi ochildi
Kuvayt poytaxtida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsuloti – O‘zbekiston gilamlari ko‘rgazmasi ish boshladi. Mazkur loyiha mazkur arab davlatidagi elchixonamiz xodimlari va “Golden Carpet” kompaniyasi bosh menejeri Samir Zakariyo o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokara yakunida erishilgan kelishuv doirasida amalga oshirildi.
Tadbirda O‘zbekistonning sohadagi yetakchi korxonalaridan biri hisoblangan “SAG” kompaniyasi mahsulotlari namoyish etilyapti.
Kelgusida o‘zbek gilamlariga jiddiy qiziqish bildirgan mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlik o‘rnatish rejalashtirildi.