Kursantlar o‘rtasida "Eng yaxshi yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Poytaxtimizda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi tomonidan kursantlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida "Eng yaxshi yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda yoshlarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda mutolaa orqali ularning mustaqil va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tanlov davomida ishtirokchilarning o‘qigan badiiy asarlari mazmun-mohiyatini chuqur o‘zlashtirgani, adabiy-badiiy tafakkuri, dunyoqarashi, tezkor fikrlashi hamda savollarga aniq, asosli va mazmunli javob bera olish qobiliyatlari hakamlar hay’ati tomonidan adolatli va shaffof tarzda baholandi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni 4-batalon kursanti Jon-Muhammad Ahadov egalladi. 2-o‘rin 4-batalon kursanti Fazliddin Adilovga, 3-o‘rin 4-batalon kursanti Shoxjahon Nurullayevga nasib qildi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi va ushbu tanlov ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA