Kompaniya rahbari ikki daqiqada milliard dollarini yo‘qotdi
Amerikaning "SpaceX" kompaniyasi rahbari va “Tesla” asoschisi Ilon Mask NASDAQ savdolarida 1,1 milliard AQSh dollari yo‘qotgan.
Amerikaning "SpaceX" kompaniyasi rahbari va “Tesla” asoschisi Ilon Mask NASDAQ savdolarida 1,1 milliard AQSh dollari yo‘qotgan.
“Bloomberg"ning yozishicha, bu “Tesla Inc" qimmatbaho qog‘ozlari 11 foizga tushib ketgandan so‘ng sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Ilon Maskning “SpaceX”dagi ulushi 13 milliard dollarni, “Tesla”dagi mablag‘lari esa 10 milliard dollarni tashkil qiladi.
Avvalroq “Tesla”da sotuv hajmi 31 foizga tushib ketgani ma’lum qilingan edi.
Kompaniya joriy yilning birinchi choragida 63 ming dona elektromobil sotgan bo‘lgan. O‘tgan yilning xuddi shu vaqt oralig‘ida esa bu raqam 90,9 tani tashkil qilgan.