Kiyev Putinning shartlariga javob berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shartlarini bajarishning imkoni yo‘q, deb yozmoqda TASS agentligi Ukraina bosh vaziri Denis Shmigalning so‘zlariga tayanib.
Bosh vazirning ta’kidlashicha, Putin qo‘ygan shartlarni bajarish Ukraina jamoatchiligining tanloviga ziddir. «Mustaqil, suveren Ukraina uchun va davlatning bosh vaziri sifatida men uchun ham buni bajarish imkonsiz», dedi u.
Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Moskva bilan Kiyev o‘rtasidagi munosabatni yaxshilash uchun to‘rtta shartni ilgari surgan. Ular orasida — Ukrainaning Qrim aholisi istagini tan olishi, Kiyevning NATOga qo‘shilish fikridan qaytishi, Donbass masalasini diplomatik yo‘l bilan hal qilish va Ukrainaning qurolsizlanishi, deb yozmoqda "Rambler".