Kecha dunyoda nimalar roʻy berdi
Isroil harbiy havo kuchlari tomonidan Falastinning Hamas harakati jangarilariga qarshi avia hujum amalga oshirildi.
Gʻazo chegarasi. Isroil harbiy havo kuchlari tomonidan Falastinning Hamas harakati jangarilariga qarshi avia hujum amalga oshirildi.
Suriya. Halab shahrida amalga oshirilgan terakt oqibatida 8 nafar tinch aholi halok boʻldi.
AQSH. Donald Tramp hukumatning Venesuelaga qarshi sanksiya muddati uzaytirilganini maʼlum qildi.
Afgʻoniston. Soʻnggi bir necha kun mobaynida mamlakat janubida yuz berayotgan kuchli yogʻingarchilik va suv toshqini oqibatida halok boʻlganlar soni 60 taga yetdi.
Xitoy. Shanxayda “Shanxay loyihasi” xalqaro dizaynerlar festivali yakunlandi.
Fransiya. Mamlakatning Grenobl va unga yaqin shaharlarda amalga oshirilgan fuqarolar tartib buzarligi oqibatida 65 ta avtomobilga oʻt qoʻyildi.
Pokiston. Pokiston harbiy dengiz kuchlari mamlakat chegarasini buzmoqchi boʻlgan hind suvosti kemasini ortga qaytarishga muvaffaq boʻldi.
Rossiya. YUNЕSKO tashkiloti Bosh direktori Odre Azule Rossiyaga ilk rasmiy tashrifini amalga oshirdi.