Jinoyatga jazo muqarrar
O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas. 47 yoshli G.M. bir necha bor sudlanib jazosini olgan bo‘lsada, eski kasbidan voz kechmadi. Bu safar u yaqin dugonalaridan biri xatirchilik S.F.ni qarmog‘iga ildirdi.
O‘g‘liga ish qidirib yurgan dugonasiga o‘g‘lini 2 million 300 ming so‘m evaziga Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga haydovchi qilib ishga kiritib qo‘yishni va’da berdi. Pulni olgach esa va’dasini unutdi.
S.F.ning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qilgan murojaatiga asosan G.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA