Jamoalar ijodiy sinovdan ötmoqda
Andijon şahrida viloyatda faoliyat olib borayotgan xalq badiiy havaskorlik jamoalari uçun ijodiy sinov ötkazildi.
Xalqimizning milliy raqs va qöşiqçilik va folklor sanʼati öziga xos va betakror bölib, uşbu sanʼat ildizlari asrlarga tutaşadi. Unda xalqimizning ruhiyati, özligi, qadimiy qadriyat va anʼanalari öz ifodasini topadi. Şu sababli mamlakatimizda folklor, milliy raqs va qöşiqçilik sanʼatini asrab-avaylaş va rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Jumladan, Madaniyat vazirligi tomonidan tuzilgan respublika komissiyasi tomonidan hududlarda “Xalq havaskorlik jamoalari” va “Bolalar namunali jamoalari”ning ijodiy sinovlari ötkazilayotganligi ham milliy sanʼatimizni asrab-avaylaş va rivojlantirişga qaratilgan işlarning bir namunasidir.


– Bugungi kunda Andijon viloyati tuman va şahar madaniyat bölimlari qoşida “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoniga ega bölgan, jami 22 ta ijodiy jamoa faoliyat yuritmoqda, – deydi Andijon viloyati madaniyat boşqarmasi madaniy faoliyat va xalq ijodiyoti şöʼbasi boşliği Şohjahon Xolbekov. – Bir neça kun davom etgan sinov jarayonida har bir jamoa faoliyati samaradorligi, imkoniyat, mahorat va isteʼdodlarini namoyiş etdi.
Ijodiy sinovda “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” unvoniga ega badiiy havaskorlik jamoalarini ijodiy sinovdan ötkaziş töğrisida”gi nizom talablari asosida jamoalarning faoliyati körib çiqildi.
Komissiya tomonidan jamoalarning sönggi uç yil davomidagi faoliyati, repertuari, ijro mahorati va badiiy saviyasi baholandi. Şuningdek, ularning çiqişlari kuzatildi.


– Jamoamiz bir neça yillardan buyon rang-barang repertuar va çiqişlari bilan köplab tadbirlarda faol iştirok etib, yurtdoşlarimizning qadimiy sanʼatimiz durdonalaridan bahramand etib keladi, – deydi Andijon tumani madaniyat bölimi qoşidagi “Nafosat” aşula va raqs xalq ansambli badiiy rahbari Sardorbek Mamasaidov. – Jamoamiz faoliyatini rivojlantiriş, yanada yuqori bosqiçga kötariş uçun doimiy ravişda ijodiy izlanişdamiz. Maqsadimiz milliy sanʼatimizni xalqimiz, ayniqsa, yoşlar örtasida yanada keng tarğib etiş, şu orqali milliy sanʼat anʼanalari davomiyligini saqlaşdir.
Sinov natijalariga köra, ularning faoliyati baholanib, komissiya xulosasiga köra, jamoalarga xalq havaskorlik jamoasi degan nomga munosib ekanligini tasdiqlovçi tegişli sertifikat taqdim etiladi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri