Istiqbolli hamkorlik davom etadi
Jizzaxda viloyati hokimi Ergash Soliyev Xitoy Xalq Respublikasi “Shanghai Construction Group” kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori bilan uchrashdi.
“Shanghai Construction Group” ilg‘or qurilish kompaniyasi bo‘lib Xitoy qurilishi tarixida ko‘plab rekord ko‘rsatgichlarga erishgan. Jumladan, Chin o‘lkasidagi baland binolar arxitekturasida, yirik ko‘priklar, transport yo‘llari, ommaviy madaniyat va sport inshootlari, sanoat, xavfsizlik loyihalari qurilishida ishtirok etgan. Kompaniya dunyoning 50 ta davlatida 200 ga yaqin loyiha bilan shartnoma tuzgan. 2020 yilda “Shanghai Construction Group”ning operatsion daromadi 33 milliard 500 million AQSH dollarini tashkil etgan.

Ergash Soliyev Jizzax viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy va investitsiya salohiyati, hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalari haqida atroflicha ma’lumot berdi.
O‘z navbatida “Shanghai Construction Group” kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Jizzax viloyati va Xitoy o‘rtasidagi buguni hamkorlik samarali bo‘layotganini ta’kidlab, hamkorlik borasida ishlashga tayyorligini ma’lum qildi.

Rasmiy uchrashuvdan so‘ng mehmonlar viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirildi.
A.QAYUMOV,
J.YORBEKOV (surat), O‘zA