Ish beruvchilar huquqlari muhokamada (+video)
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekiston Ish beruvchilar konfederatsiyasi hamkorligida mehnat munosabatlarida ish beruvchilarning huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur tadbirda 250 nafardan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari vakillari, mehnat huquqi sohasi mutaxassislari hamda kadrlar bo‘limi rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirish, ish beruvchilar uchun qulay huquqiy muhit yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tadbir doirasida tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Ish beruvchilar konfederatsiyasi raisi lavozimiga Davron Vaxabov saylandi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jij2dPuIgeA" title="Ish beruvchilar huquqlari muhokamada" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA