IKA prezidenti iste’foga chiqdi
Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) prezidenti Haydar Farmon oilaviy hamda boshqa ish majburiyatlari sababli assotsiatsiya rahbarligidan iste’fo berdi.
Xalqaro kurash assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, H.Farmon o‘zining iste’fo xatida IKA boshqaruv qo‘mitasi hamda dunyo kurash oilasiga faoliyati davomidagi ishonch va hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, uning rahbarligi davrida kurash sportini xalqaro miqyosda rivojlantirish, ommalashtirish va tashkilot salohiyatini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilgan ishlarni alohida qayd etdi.
Xalqaro kurash assotsiatsiyasi nizomiga muvofiq, IKA birinchi vitse-prezidenti Ziyoviddin Hojiniyozov zimmasiga vaqtinchalik tashkilot rahbari vazifasini bajaruvchi vazifasi yuklatildi.
T. Ro‘ziyev,
O‘zA