Ijtimoiy xodim — xalq xizmatchisi
FOTOREPORTAJ
Aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatiladigan manzilli ijtimoiy yordam qamrovi tobora amaliy samaradorlik kasb etib bormoqda. Buni Surxondaryo viloyat markazidan 230 km uzoqlikdagi olis tog‘li qishloqlar misolida ham ko‘rish mumkin.
Sariosiyo tumanida 3 mingdan oshiq aholi istiqomat qiluvchi “Xufar” MFY ijtimoiy xodimi Saidkamol Rahimov hozirga qadar 15 nafar ko‘makka muhtoj fuqaroning og‘irini yengil qilishga muvaffaq bo‘ldi.
[gallery-21745]
Jumladan, mahalladagi Farzona Boborajabova 1-guruh nogironi bo‘lib, oilaviy sharoiti sabab nogironlik aravachasi olishga imkoniyati yetmas edi. Saidkamol Rahimovning tashabbusi va ko‘magi bilan Farzona elektron nogironlik aravachasi hamda qo‘ltiq tayoq bilan ta’minlandi. Yana bir 1-guruh nogironligi bor Xo‘janazar Farxulloyevga ham mana shunday aravacha berildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA