“Ijtimoiy reyestr” faoliyati tahlil qilindi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ijtimoiy xizmatlarning o‘z vaqtida va manzilli ko‘rsatilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazib, erishilayotgan natijalar, yuzaga kelayotgan masalalarni soha mas’ullari va ekspertlar ishtirokida tahlil qilib bormoqda. Jumladan, Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan “Ijtimoiy reyestr amaliyoti: muammolarga yechimlar va yangi yondashuvlar” mavzusidagi davra suhbati ham bunga yaqqol misol bo‘ldi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov tadbirning asosiy maqsadi aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimida “Ijtimoiy reyestr” amaliyotining samaradorligini tahlil qilish, amaliyotda uchrayotgan muammolarni muhokama qilish, manzillilik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda xalqaro va milliy tajribalar asosida yangi yondashuvlarni belgilab olishdan iboratligini ta’kidladi.

Keltirilishicha, 2026-yil yanvar-may oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha kam daromadli oilalarni kambag‘allikdan chiqarish rejasiga muvofiq, 6 ming 627 ta oila qamrab olinishi belgilangan. Amalda esa belgilanganrejadan ancha yuqori natijaga erishilgan. Ya’ni, 13 ming 301 ta oila qamrab olingan. Bunda jami 15 ming 358 ta xizmat ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga, o‘rganishlarda tizimning yanada samarador va manzilli ishlashiga to‘siq bo‘layotgan ayrim jihatlar ko‘zga tashlangan. Jumladan, oilalarning tarkibini to‘g‘rishakllantirishda hali ham muammolar borligiqayd etildi. Xususan, “Ijtimoiy reyestr”ga kiritish yoki bolalar nafaqasi va moddiy yordamtayinlash uchun fuqarolardan murojaat bo‘lgandavafot etgan oila a’zolari oila tarkibidanchiqarilmagani, doimiy yashash uchun chet elga chiqib ketgan va oila qurgan farzandlari oila tarkibigaqo‘shib shakllanishi holatlari uchrab turgani qayd etildi.

Davra suhbati yakunida partiya faollari, deputatlar hamda mas’ul idoralar vakillari ijtimoiy himoya masalasida o‘zaro hamkorlikda yanada samarali ishlashga, joylarda doimiy o‘rganishlar olib borishga, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirishga kelishib olishdi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.