Huquqiy bilim – komillik mezoni
Farg‘ona politexnika instituti qoshidagi 3-akademik litseyda Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24-yilligi munosabati bilan “Huquqiy bilim – komillik mezoni” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Farg‘ona politexnika instituti qoshidagi 3-akademik litseyda Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24-yilligi munosabati bilan “Huquqiy bilim – komillik mezoni” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Bosh qomusimizning mazmun-mohiyati, uning yoshlar hayotida tutgan o‘rni, demokratik davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishdagi ahamiyati xususida atroflicha so‘z yuritildi.
Savol-javob tarzidagi bahsda o‘quvchilar huquqiy bilimini sinovdan o‘tkazdi. Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.