Huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi
Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish muhim vazifalardan biridir.
Bu borada ta’lim muassasalari va talabalar turar joylarida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar yoshlarning qonunlarga hurmat ruhida kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda “Yoshlik” talabalar shaharchasidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakultetiga qarashli 1-sonli talabalar turar joyida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Unda Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari — “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimi F.Temirov, Kimyo fakulteti dekani o‘rinbosari G‘.Abdurahmonov hamda ichki ishlar organi xodimi A.Abdulhaqov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talabalarga amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish, huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, qonunbuzilish holatlarining oldini olish hamda huquqiy savodxonlikni oshirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, jamoat tartibiga rioya etish, mas’uliyat va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, talabalar turar joyida tinch va xavfsiz muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday profilaktik tadbirlar yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga xizmat qiladi.
Hamroz Bayonov,
O‘zA