“Humo” pley-offdagi ilk uchrashuvda g‘olib bo‘ldi
Toshkentning “Humo” xokkey klubi Qozog‘iston muntazam chempionatining pley-off bosqichi doirasida “Gornyak” jamoasiga qarshi ilk o‘yinni o‘tkazdi.
"Humo arena" majmuasida o‘tkazilgan ushbu jamoalar bahsida “Humo” klubi raqib ustidan 5:3 hisobida zafar quchdi. “Humo” va “Gornyak” jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin 20 fevral kuni poytaxtimizda tashkil etiladi. Shuningdek, klublarning 3-4-bahsi Rudniy shahrida 24-26 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.


Eslatib o‘tamiz, “Humo” klubi xokkey bo‘yicha Qozog‘iston muntazam chempionatining birinchi bosqichini 58 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda yakunlagan edi. “Gornyak” esa 46 ochko bilan oltinchi pog‘onada yakunlagan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA