Harbiylar bayramni yangi uyda nishonlaydi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahridagi Ekoshahar – “Yangi O‘zbekiston” massivida bunyod etilgan 7 qavatli uylardan mudofaa tizimi harbiy xizmatchilariga yangi xonadonlar kalitini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov ishtirok etdi.
[gallery-18929]
Viloyat rahbari mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida mazkur uylar harbiy xizmatchilarga katta tuhfa bo‘lganligini qayd etib, Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda har jabhada amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimiz manfaatlariga, inson qadrini ulug‘lashga, osoyishtaligimizni munosib himoya qilishga xizmat qilayotganligiga e’tibor qaratdi.
Ekoshaharda yangi barpo etilgan ko‘p qavatli uylardan mudofaa tizimida xizmat ko‘rsatayotgan 100 nafar harbiy oilaga xonadonlar kalitlari tantanali ravishda topshirildi.
Ishtirokchilar yangi xonadonlardagi sharoitlar bilan tanishdi. Duoga qo‘l ochgan nuroniy otaxonlar osmonimiz musaffoligi va shodiyona kunlar bardavomligini tilab ezgu niyatlar bildirdi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA