G‘oliblar respublika bosqichiga yo‘llanma oldi
Andijonda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi yengil atletika musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi yengil atletika bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqalari qiziqarli va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.
Musobaqalarda viloyatning tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 16–21, 22–26 hamda 27–30 yosh toifalarida qizlar va o‘g‘il bolalar jamoalari ishtirok etdi.


Musobaqalarda o‘g‘il bolalar 100, 200 va 400 metr masofalarga yugurish, uzunlikka sakrash, qizlar esa 60, 100 va 200 metr masofalarga yugurish hamda uzunlikka sakrash bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Yakunda eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar g‘olib deb topilib, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.


Barcha yosh toifalari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, tegishli medal hamda Sport vazirligining sport kiyimlari jamlanmasi bilan taqdirlandi.


F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat),
O‘zA muxbirlari