G‘olib va sovrindorlar taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi tomonidan Yoshlar oyligi doirasida Uchqo‘rg‘on tuman o‘quv-sport texnika markazi kartadromida karting bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasining 2-bosqichi o‘tkazildi.
[gallery-29949]
Musobaqada viloyatning shahar va tumanlaridan, shuningdek, Toshkent shahridan jami 75 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Sportchilar “Mikro”, “Mini”, “Supermini”, “OK-Junior”, “Patriot”, “KF”, “KZ” hamda “T-4 Patriot o‘smirlar” sinflari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Umumjamoa hisobida Namangan tuman o‘quv-sport texnika markazi jamoasi birinchi, Namangan viloyati texnik va amaliy sport turlari markazi jamoasi ikkinchi, To‘raqo‘rg‘on tuman o‘quv-sport texnika markazi jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar “Vatanparvar” tashkilotining diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA