G‘olib jamoaga “Cobalt” avtomashinasi topshirildi
Nukus shahridagi “Turon” o‘yingohida Qoraqalpog‘iston XXXIII chempionatining final o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Unda Kegeyli tumanining “Do‘stlik” va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoalari chempionlik kubogi uchun maydonga tushdi.
O‘yinda dastlab “Do‘stlik” jamoasi hisobni ochdi. Shundan so‘ng, Ichki ishlar vazirligi jamoasi o‘z darvozasidan ikkinchi to‘pni ham olib chiqdi. O‘yin yakunlanishi oldidan o‘rtadagi farq qisqartirilishiga erishildi. O‘yin yakunida 2:1 hisobida “Do‘stlik” jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etib, g‘olib “Do‘stlik” jamoasiga medal, qimmatbaho sovg‘alar hamda bosh sovrin “Cobalt” avtomashinasini topshirdi.
Qoraqalpog‘iston XXXIII chempionatida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Amudaryo tumanining “Amudaryo” jamoasi, ikkinchi o‘rinni egallagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoalariga ularga medal, qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Chempionat g‘olibi hisoblangan Kegeyli tumanining "Do‘stlik" jamoasiga medal, qimmatbaho sovg‘alar hamda bosh sovrin “Cobalt” avtomobili topshirildi.
Shundan so‘ng, “Kushmag” Qoraqalpog‘iston kubogi g‘oliblari ham taqdirlandi.

Unda ikkinchi o‘rinni egallagan Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasiga medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirilgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston kubogi finalda g‘olib bo‘lgan Kegeyli tumanining “Do‘stlik” jamoasiga topshirildi.
Bundan tashqari, “Eng yaxshi murabbiy”, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi to‘purar”, “Eng yaxshi futbolchi” kabi nominatsiya egalari ham munosib rag‘batlantirildi.
Ta’kidlash kerakki, chempionat g‘olibi bo‘lgan Kegeyli tumanining "Do‘stlik" jamoasi joriy yilning noyabr-dekabr oylarida birinchi ligaga o‘tish uchun o‘tkaziladigan turnirda ishtirok etadi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri