Gimnastikachilarimizning Omskdagi muvaffaqiyatlari
Rossiya Federatsiyasining Omsk shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha xalqaro turnir yakunlandi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari munosib ishtirok etib, turli dasturlarda sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Musobaqada Lyaysan Kuzmenko yakkalik mashqlar bo‘yicha final dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, halqa, to‘p va tasma bilan chiqishlarda uchta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Sevinch Mo‘minova to‘p bilan bajarilgan yakkalik mashqlar finalida uchinchi o‘rinni egallab, terma jamoa hisobiga yana bir bronza medalini taqdim etdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro musobaqani 4 ta bronza medali bilan yakunladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA