Germaniya terma jamoasi vingeri Karim Adeyemi Madridga ko‘chib o‘tishi mumkin
Futbolchining "asalarilar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi.
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Karim Adeyemi faoliyatini "Real Madrid"da davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra "qirollik klubi" nemis futbolchisini o‘z tarkibida ko‘rishni istayapti. Bu haqida Fichajes nashri ma’lum qilmoqda. Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" 24 yoshli vingerning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildiryapti va uni jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng sotib olishni rejalashtirmoqda. Biroq Karim "Real" sotib olishni istayotgan yagona chap qanot futbolchisi emas va boshqa nomzodlar ham ko‘rib chiqilishi kutilyapti. Adeyemi joriy mavsum umumiy 38ta uchrashuvda maydonga tushib, 10ta gol va 5ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining "asalarilar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. "Transfermarkt" portali iste’dodli futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Adeyemi Germaniya terma jamoasi bilan bo‘lajak jahon chempionatida ishtirok etadi.