Gender stereotiplarga qarshi kurash
Buxoroda O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan Fridrix Ebert nomidagi jamg‘arma moliyaviy ko‘magida “Bag‘rikenglikni mustahkamlashda OAV va fuqarolik jamiyatining roli: gender stereotiplarga qarshi kurashish” treningi bo‘lib o‘tdi. Unda nodavlat notijorat tashkilotlari, jurnalist va blogerlar qatnashdi.
Treningda interaktiv uslublardan foydalanilgan holda ishtirokchilarning faolliklari ta’minlandi. Davlat va jamiyat hayotida bag‘rikenglikning roli va ahamiyati muhokama etildi. Biz bir oila farzandlarimiz videoroligining takdimoti o‘tkazildi. Jamiyatda gender tenglikning asosiy tushunchalari aqliy hujum asosida tushuntirib berildi. Ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tarmoqlarda shakllangan gender stereotiplari misollar asosida muhokama etildi.
[gallery-11737]
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar materiallarining tahliliga bag‘ishlangan kichik ma’ruzalar tinglandi. Ayniqsa, men bag‘rikenglikni qanday tushunaman mavzusi bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Trenerlar bag‘rikenglik, diniy bag‘rikenglik ma’ruzalarining yoritilishida jurnalist pozitsiyasini qiziqarli uslublar asosida ko‘rsatib berishdi.
Fikrlashdan to‘xtash mumkinmi, axborotda yangi fikrlar, dezinformatsiya va yolg‘on faktlar interaktiv mashg‘ulotlar hamda taqdimotlar orqali tushuntirildi. Seminar treningning ikkinchi kunida zamonaviy jurnalistikaning yangi janrlari haqida ma’lumot berildi. Gender mavzulardagi materiallarni qanday qilib auditoriyaga taqdim etish, tahliliy materialda muammoni o‘rganish usullari, Kiberxavfsizlik muammolari, jurnalistning kasb axloqi mezonlari tushuntirib o‘tildi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA