Fransiyada ulkan emlash markazlari tashkil qilinmoqda
Fransiya hukumati ulkan markazlar tashkil qilib emlash jarayonini kuchaytirishga qaror qildi. Mazkur markazlarda haftasiga 50 ming kishi emlanishi mumkin.
France 24 telekanalining xabar berishicha, mamlakat bo‘ylab ikki yuztagacha ana shunday markazlar tashkil etiladi.
Xavfli guruhdagi odamlarni emlash Lion shahridagi «Jerlan» stadionida boshlangan. Boshqa bir stadionda o‘tgan yakshanba kuni o‘n ming kishi vaksina olgan.
Shifokorlarga emlash ishlarida maxsus o‘qitilgan qutqaruvchilar ko‘maklashmoqda, deyiladi xabarda.