Fotojurnalistika sohasini rivojlantiriş böyiça yangi taşabbuslar ilgari surildi
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasida Fotojurnalistika kengaşi faoliyatiga bağişlangan muloqot bölib ötdi. Unda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisining örinbosari Dilşod Böriyev, kengaş rahbari Abduğani Jumayev, jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.
Muloqot davomida fotojurnalistika va ijodiy fotografiyani rivojlantiriş, soha vakillarini qöllab-quvvatlaş, yoş fotomuxbirlar uçun yangi imkoniyatlar yaratişga oid köplab taklif va taşabbuslar muhokama qilindi.
Jumladan, özbek fotografiyasining asosçisi, maʼrifatparvar jadid Xudoybergan Devonov (1878–1938) nomidagi Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi mukofotini taʼsis etiş taklif qilindi. Uşbu mukofotni 2027-yildan boşlab har ikki yilda bir marta fotojurnalistika va ijodiy fotografiyani rivojlantiriş, sohani ommalaştirişga kasbiy faoliyati hamda jamoatçilik işlari bilan salmoqli hissa qöşgan mutaxassislarga topşiriş közda tutilmoqda.
Mukofot nizomi va uni topşiriş şartlarini işlab çiqiş, laureatlarni diplom, Xudoybergan Devonov barelefi aks ettirilgan, tanga şaklidagi ikki tomonlama oltinrang medal hamda bazaviy hisoblaş miqdorining 75–100 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlaş taklif etildi.

Şuningdek, 2027-yilda Toşkent, Samarqand, Xiva yoki Buxoro şaharlaridan birida xalqaro konferensiya ötkaziş taşabbusi ilgari surildi. Unda sunʼiy intellekt va elektron texnologiyalar jadal rivojlanayotgan hozirgi şaroitda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinayotgan fotosuratlarning haqqoniyligi va aslligini taʼminlaş masalalari muhokama qilinişi rejalaştirilmoqda. Konferensiyada qöşni davlatlar, Ozarbayjon va Turkiya mutaxassislarining iştirokini taʼminlaş taklif qilindi.
Bundan taşqari, respublika va viloyatlar ommaviy axborot vositalari fotomuxbirlari iştirokida har uç oyda bir-ikki kunlik mahorat seminarlarini, zaruratga qarab esa hududiy öquv maşğulotlarini taşkil etib boriş zarurligi taʼkidlandi.

«Mahorat maktabi»ning faol iştirokçilari orasidan 4–5 nafardan iborat ijodiy guruh şakllantirib, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar hududlarida işlab çiqariş, madaniy-tarixiy, etnografik hamda ekologik mavzularda 5–7 kunlik ijodiy ekspeditsiyalar taşkil etiş taklif qilindi. Bunda safarlarni talaba-yoşlarning taʼtil davriga moslaştiriş maqsadga muvofiqligi qayd etildi.
Yoş fotomuxbirlarning kasbiy mahoratini oşiriş maqsadida har yili fotojurnalistika sohasida öz iqtidorini namoyon etayotgan ikki nafar yoş mutaxassisni rivojlangan mamlakatlardagi axborot agentliklaridan biriga 1–2 haftalik stajirovkaga yuboriş taşabbusi ham bildirildi.
Muloqot yakunida ilgari surilgan takliflarni amalga oşiriş imkoniyatlari, Fotojurnalistika kengaşi faoliyatini yanada takomillaştiriş hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almaşildi.
N.Usmonova,
ÖzA