FOTOFAKT: Toshmasjid haqida bilasizmi?
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Vangʻozi qishlogʻidagi Toshmasjid meʼmoriy majmuasi XVI asrda bunyod etilgan.
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Vangʻozi qishlogʻidagi Toshmasjid meʼmoriy majmuasi XVI asrda bunyod etilgan.
Toshdan tiklangani uchun xalq orasida Toshmasjid nomini olgan bino 70 sm balandlikdagi supaga qurilgan. Uning koʻrkam hajmiy-makoniy kompozitsiyasining markaziy qismida baland peshtoq va yirik moviy gumbaz ajralib turadi. Masjidning 24x40 metr kattalikdagi umumiy binosida 2 ta yirik va 16 ta bir xildagi mayda gumbazlar bilan yopilgan yagona xona bor.
Masjid yonida goʻzal uslubda qurilgan minora bor. Uning balandligi 24 metr boʻlib, pastki qismining asos aylanasi 3,8 metrni tashkil etadi. Poydevori toshdan terilgan.