Forum ishtirokchilari “Do‘stlik uyi”da (+video)
Dunyoning turli hududlarida janjallar bo‘layotgan bir paytda O‘zbekiston bayramlar, xalqaro uchrashuv va do‘stlik forumlari og‘ushida. Mana ikki kundirki, Farg‘onada “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon do‘stlik forumi” davom etmoqda.
Uning ishtirokchilari bo‘lgan olti davlat vakillari (ular orasida deputatlar, hukumat a’zolari, yozuvchi va shoirlar, faol jamoatchilar bor) Farg‘ona shahridagi “Do‘stlik uyi” faoliyati bilan tanishdilar. Ma’lumki, bu yerda turli millatlar milliy madaniy markazlari joylashgan. Forum ishtirokchilari ularning har birida bo‘lib barcha masalalarda tajriba almashdilar. Markazning faollari bilan uchrashuvlar kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi.



Xa, Farg‘onadagi hashamatli bino ularning ixtiyorida. Markazda til o‘rganish, milliy cholg‘u asboblari va raqs to‘garaklari, hunarmandlik hamda milliy tillardagi kutubxonalar mavjud. Viloyatdagi hech bir tadbir yo‘qki, unda qirg‘iz, tojik, tatar, rus, turk, nemis va boshqa milliy madaniy markazlar ishtirok etmagan. Har oyda shahar va tumanlarda bitta markazning “Do‘stlik” oqshomlari bo‘lib o‘tadi.


Xorijlik mehmonlar milliy-madaniy markazlar uchun yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berishdi.
“Do‘stlik uyi”ga tashrif ochiq osmon ostidagi sahnada tashkil etilgan gala konsert bilan davom etdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oFXjQvtfrEc" title="“Do‘stlik stelasi” – birlik ramzi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA