Fors ko‘rfazi davlatlarining AQSHdan hafsalasi pirmi?
“Bloomberg” agentligi yozishicha, Fors ko‘rfazi davlatlarining Eronga qarshi harbiy amaliyot tufayli AQSHdan tobora ko‘ngli qolmoqda. Bu mamlakatlar Amerikaning xavfsizlik kafolatini shubha ostiga qo‘yib, Vashingtonda amaliyot uchun strategik reja yo‘qligidan xavotir bildirmoqda. Qolaversa, yetakchining urushni boshlash uchun asosi va ko‘zlangan maqsad bo‘yicha ham savollar tug‘ilmoqda.
Maqolada ta’kidlanishicha, ko‘rfaz davlatlari o‘z hududida AQSH harbiy bazalari joylashtirilishi oqilona qaror bo‘lganiga shubha kuchaymoqda. Binobarin, ayni tashabbus ortidan mamlakatlar zarba nishoniga aylandi. Qolaversa, Trampning raketa dasturi bo‘yicha kelishuvsiz Islom Respublikasi ustidan g‘alaba qozongani va AQSH mojarodan chiqib ketganini e’lon qilishi hamda Hurmuz bo‘g‘ozi ustidan qisman nazoratni saqlab qoladigan “g‘azabnamo Eron”ga duch kelishidan xavotir olmoqda.
S.Rahimov, O‘zA