Farzand tarbiyasida otaning oʻrni qanday?
Bola tarbiyasida otaning alohida oʻrni bor. Biroq, otalarning doim ish bilan bandligi, maktablarda ota-onalar yigʻilishi boʻlib qolsa, faqat onalar borishi sir emas.
Bola tarbiyasida otaning alohida oʻrni bor. Biroq, otalarning doim ish bilan bandligi, maktablarda ota-onalar yigʻilishi boʻlib qolsa, faqat onalar borishi sir emas.
Lekin koʻpincha oʻqituvchilarning bolalarning dadalariga aytadigan gaplari ham boʻladi. Ularni maktabga chorlash uchun nima qilish kerak?
Poytaxtimizning Shayxontohur tumani 42-A tarmoq maktabida buning yoʻlini topishdi. Maktab psixologi va yoshlar yetakchisi “Dadam bilan bir kun“ loyihasini ishlab chiqdi.
Loyiha doirasida boshlangʻich sinf oʻquvchilari hamda ularning otalari maktabga taklif etildi.
Dadalari bilan maktabga kelgan bolajonlarning kayfiyatini soʻz bilan taʼriflash qiyin, albatta. Aytish mumkinki, nafaqat bolalar, balki otalar uchun ham bu kun oʻzgacha taʼsir qilgani ularning yuz-koʻzlarida namoyon edi.
Otalar va bolalar uchun psixologik treninglar, turli oʻyinlar, boshqotirmalar, kelajakdagi rejalardan iborat “Farzandiga mehribon va gʻamxoʻr ota” mavzuida tavsiya va takliflar namoyish etildi. Otaning oilada tutgan oʻrni, fazilati, farzand tarbiyasidagi ishtiroki qizgʻin muhokama ham etildi.
Aytish kerakki, bugungi zamonda tirikchilik bilan band boʻlgan koʻpchilik otalarning oʻz farzandlarining taʼlim va tarbiyasiga oid ishlarda eʼtiborsizligi koʻzga tashlanmoqda. Ushbu tadbirga ham ayrim otalarning kelmagani ham shuni koʻrsatdi.