Farğona viloyati hokimi kubogi: Toşloq tumani jamoasi ğolib böldi (+video)
Işoning, bunaqasi ilgari bölmagan. Farğona viloyatida turli diniy konfessiyalar vakillari örtasida mini-futbol böyiça “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasi taşkil etildi.
Tört kun davomida şahar va tumanlarda faoliyat yuritayotgan diniy soha vakillaridan taşkil topgan 19 ta jamoa ğoliblik uçun qiziqarli bahslarni olib bordi.
Bugun esa final öyinlari va musobaqa ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Finalda Toşloq va Buvayda tumani masjidlari, diniy idoralari xodimlari, ahli ilm vakillari töp surişdi. Keskin bahsda Toşloq tumani jamoasi ğolib çiqib, birinçi örinni egalladi va “Farğona viloyati hokimi kubogi” egasi böldi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, futbol işqibozlari hamda keng jamoatçilik vakillari qatnaşdi.

Taqdirlaş marosimida söz olgan viloyat hokimi soğlom turmuş tarzini tarğib qilişda diniy soha vakillari ham faollik va şaxsiy namuna körsatayotganini yuqori baholadi.
– Futbol millionlar öyini sifatida turli millat vakillarini birlaştiradi, özaro döstlik, hamjihatlik va birodarlik tuyğularini mustahkamlaydi, – dedi viloyat hokimi. – Bu musobaqa anʼanaviy bölib davom etadi.

Farğonalik diniy soha vakillarining nafaqat sport musobaqalarida, balki “Zakovat” intellektual öyinlarida ham faol iştirok etib, yoşlarga ilm-maʼrifat borasida ibrat bölmoqda.
Sözga çiqqanlar kelgusida sportning boşqa turlari böyiça ham musobaqalar taşkil etiş taklifini bildirdilar.
Turli nominatsiyalar böyiça sovrindorlar hamda ğolib jamoalar kubok, medallar, esdalik sovğalari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), ÖzA