Fakt va raqam: Dunyoning eng yirik armiyasi qaysi davlatda?
Global xavfsizlik va geosiyosiy jarayonni anglashda raqamlar hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki aynan statistika davlatlarning real harbiy qudratini ochib beradi.
“Fakt va raqam” ruknida xalqaro harbiy-siyosiy tendensiya ishonchli va nufuzli manbalar – “Global Firepower-2025”, “The Military Balance” (IISS), SIPRI va NATO hisoboti asosida tahlil qilinadi. Shu tariqa davlatlar o‘rtasidagi kuch muvozanati va xavfsizlik siyosati haqida muayyan tasavvur hosil qilish mumkin .
Eng yirik armiyalar va harbiy kuch mувозанати

Garchi, zamonaviy urushda texnologiya va razvedka imkoniyati tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan bo‘lsa-da, armiya nufusi muayyan davlatning harbiy qudratini belgilovchi asosiy omillardan biri bo‘lib qolmoqda. So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, dunyoda harbiylar soni bo‘yicha mutlaq yetakchi davlat Xitoy hisoblanadi. Chin Xalq ozodlik armiyasi tarkibida taxminan 2 million 35 ming faol xizmatchi mavjud. Mutaxassislar ta’kidlashicha, XXR mudofaa tizimi nafaqat son, balki harbiy takomil sur’ati bilan ham ajralib turadi. Shu jihatdan mazkur mamlakat AQSHning asosiy harbiy-strategik raqibi sifatida ko‘riladi.

Ikkinchi o‘rinda joylashgan, taxminan 1 million 455 ming nafar harbiyga ega Hindistonda ulkan armiya saqlanishi geosiyosiy omillar, jumladan Pokiston va Xitoy bilan xavfsizlik raqobatiga bog‘liq. Bu yurt mudofaa tizimida infratuzilma va mahalliy sanoatni rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. AQSH esa 1 million 328 ming nafar faol harbiy xizmatchi bilan keyingi o‘rinni egallagan. Binobarin, Qo‘shma Shtatlar texnologiya, global harbiy bazalar va harbiy byudjet bo‘yicha dunyoda mutlaq yetakchi. Shu nuqtai nazardan aksar tahlilchilar askar sonidan ko‘ra, texnologik salohiyat muhimroq ekanini ta’kidlaydi.

Rossiya armiyasi 2025-yil holatiga ko‘ra 1 million 320 ming a’zoga ega. Ukraina bilan urush sharoitida mamlakat safarbarlik imkoniyatini kengaytirib, harbiy infratuzilmaga beqiyos mablag‘ yo‘naltirdi. Aholi soniga nisbatan o‘ta harbiylashgan davlat – Shimoliy Koreyada 1 million 280 ming askar, zobit bor. Mamlakat iqtisodiyoti hajmi bilan taqqoslanganda juda yuqori ko‘rsatkich hisoblanadigan bu raqam xavfsizlik siyosatida armiya asosiy o‘rin tutishini ko‘rsatadi.
Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarida qayd etilgan Pokiston (654 000), Eron (610 000), Janubiy Koreya (500 000) va Vetnam ham yirik doimiy armiyani ta’minlab kelmoqda. Ayniqsa, harbiy xizmat xavfsizlik muhiti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qolayotgan Janubiy Koreya va Pokistonda mintaqaviy keskinlik kuchli harbiy tizim saqlashni taqozo etadi. Mutaxassislar fikricha, XXI asrda ham qo‘shin soni hamon muhim omildir. Ayniqsa, quruqlik bo‘ylab ehtimoliy keng ko‘lamli mojarolar nuqtai nazaridan. Shu bilan birga, zamonaviy urushda sun’iy intellekt, dron, kiber xavfsizlik va yuqori aniqlikdagi qurollar o‘rni keskin ortmo qda.Umuman, yer yuzidagi eng yirik armiyalar haqidagi raqamlar faqat jonli kuch miqdorini emas, balki davlatlarning geosiyosiy xavfsizlik strategiyasini ham aks ettiradi. Ba’zi davlatlar songa tayansa, boshqalari yuqori texnologiyali va mobil armiya modelini afzal biladi. Demak, zamonaviy harbiy kuchni baholashda faqat son emas, balki tayyorgarlik, texnologiya va logistika imkoniyatiga ham e’tibor qaratish zarur.
Zamonaviy armiya qanday o‘zgarmoqda?

So‘nggi yillarda xalqaro harbiy tahlillarda muhim tendensiya kuzatilmoqda: qudratli davlatlar endi faqat ulkan armiya saqlash emas, balki yuqori texnologiya va tezkor harbiy kuch yaratishga harakat qilmoqda. Ta’kidlanishicha, zamonaviy urushda jonli kuch miqdori muhim bo‘lsa-da, natijani ko‘pincha razvedka, sun’iy intellekt, dron va yuqori aniqlikdagi qurollar hal qiladi. Shu sababli AQSH, Xitoy va Rossiya kabi davlatlar armiyani raqamlashtirish va yangi texnologiya joriy qilishga milliardlab dollar sarflamoqda. Ya’ni, XXI asr armiyalari asta-sekin an’anaviy ko‘p sonli shakldan aqlli armiya tizimiga o‘tyapti.
AQSH bu sohada yetakchi: mamlakat harbiy byudjeti 2025-yil 880 milliard dollardan oshib, son bo‘yicha Xitoydan ortda bo‘lsa-da, global harbiy baza, yadro salohiyati, avia tashuvchi flot va havo kuchi jahon miqyosida mutlaq ustunlikni ta’minlab turibdi. Mutaxassislar Amerikaning asosiy afzalligi texnologiya, logistika va harbiy koalitsiya tarmog‘ida, deb hisoblaydi. Ko‘plab tahlillarda Qo‘shma Shtatlar eng qudratli harbiy tizim egasi sifatida baholanadi.
So‘nggi o‘n yil harbiy sohada eng tez o‘sgan davlat sanaladigan Xitoy harbiy бюджети, rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 230-250 milliard dollar atrofida. Mamlakat harbiy dengiz kuchlari, giper tovushli raketalar va sun’iy intellekt asosidagi harbiy tizimga mislsiz sarmoya kiritmoqda. Ayniqsa, Tayvan bilan bog‘liq geosiyosiy vaziyat Xitoy armiyasi takomilini tezlashtirgan asosiy omil sifatida кўрилаdi. Qolaversa, Chin armiyasi nafaqat Osiyo, балки global darajada ta’sir kuchiga aylanishni maqsad qi lgan.Rossiya armiyasi Ukraina bilan urush tufayli jiddiy sinovdan o‘tayotgani zamonaviy urushning yangi xususiyatini namoyon qildi.
Xususan, dron, artilleriya va elektron urush tizimi an’anaviy tank va piyodalardan ko‘ra muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Qayd etilishicha, mazkur urush XXI asr harbiy strategiyasini qayta shakllantirmoqda. Binobarin, RF hamon yadro zaxirasi va raketa texnologiyasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik harbiy kuchlardan bir idir.Kam sonli, ammo yuqori texnologiyali armiyaga ega davlatlar ham diqqat markazida. Masalan, Isroil faol son jihatidan yirik davlatlar bilan bahslasha olmaydi, ammo razvedka, havo mudofaasi va dron texnologiyasi bo‘yicha juda ilg‘or armiya hisoblanadi. Janubiy Koreya ham yuqori texnologiyali qurol va zamonaviy harbiy infratuzilma orqali salohiyatini kuchaytirmoqda. Demak, zamonaviy urushda son emas, texnologiya va tayyorgarlik hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib bor yapti.
Eng yirik armiyalar haqidagi bahs endi faqat son bilan cheklanmaydi, chunki endi harbiy qudrat texnologiya, razvedka va iqtisodiy imkoniyat bilan chambarchas bog‘liq. Ayrim davlatlar millionlab askarga tayanayotgan bo‘lsa, boshqalari kam sonli, ammo yuqori samarador armiya yaratishga harakat qilmoqda. Shu nuqtai nazardan kelajak armiyasi “eng katta” emas, balki “eng intellektual va texnologik” kuch sifatida namoyon bo‘lishi kutil yapti.
Kelajak armiyasi va global harbiy raqobat

So‘nggi yillarda xalqaro xavfsizlik muhiti keskin o‘zgarib, davlatlar o‘rtasidagi harbiy raqobat yangi bosqichga chiqdi.
Mutaxassislar fikricha, XXI asrda asosiy kurash harbiy soni yoki tank miqdori bilan emas, balki texnologiya, ma’lumot va sun’iy intellekt sohasida kechadi. Yirik davlatlar harbiy sohada raqamli tizim, avtonom qurol va kiber xavfsizlikka milliardlab dollar yo‘naltirmoqda. Ayni jarayon global armiya qiyofasini tubdan o‘zgartirib, an’anaviy harbiy tizimni qayta ko‘rib chiqish zaruratiga ishora q iladi.
Ayniqsa, sun’iy intellekt kelajak armiyasi uchun asosiy unsur sifatida ko‘rilmoqda. Zero, SI razvedka, nishonni aniqlash va jang maydonida qaror qabul qilish tezligini bir necha barobar oshiradi. AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya singari davlatlar mustaqil dron va AI boshqaruv tizimini harbiy infratuzilmaga joriy qilishni tezlashtirgan. Ukrainadagi urush ham shu tendensiyani kuchaytirdi: arzon dron juda qimmat tank va boshqa texnika vositalariga qarshi samarali vosita sifatida namoyon bo‘ldi.
Mutaxassislar kelgusida armiya qudratini askar sonidan ko‘ra, algoritm va raqamli texnologiya belgilashi mumkinligini ta’kidlamoqda. Demak, harb ishida “raqamli inqilob” boshl angan.Kiber xavfsizlik ham armiya uchun yangi frontga aylanyapti, chunki zamonaviy davlat infratuzilmasi raqamli tizimga tobora kuchli bog‘lanmoqda. Tahlilga ko‘ra, kelajak mojarolarida bank tizimi, elektr tarmog‘i va sun’iy yo‘ldoshga qarshi kiber hujum jiddiy ahamiyat kasb etadi. AQSH, Xitoy va Rossiya kiber qo‘shinni mustaqil harbiy yo‘nalish sifatida rivojlantirmoqda. Ya’ni, zamonaviy urush faqat quruqlik, dengiz yoki havoda emas, balki raqamli makonda ham kechishi mumkin. XXI asr armiyasi nafaqat qurolli kuch, balki yuqori texnologiyali axborot tizimiga ham aylanmoqda.
Shu bilan birga, koinot sohasidagi raqobat harbiy strategiyaning muhim qismiga aylandi. AQSH, Xitoy va Rossiya sun’iy yo‘ldosh, fazoviy razvedka va raketaga qarshi mudofaa tizimiga ulkan sarmoya yo‘naltirmoqda. Ta’kidlanishicha, kelajakda koinot bo‘ylab nazorat harbiy ustunlikning asosiy omil bo‘lishi mumkin. Sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa razvedka va GPS tizimi uchun hal qiluvchi ahamiyatga egaligi sabab, harbiy strategiyaning muhim bo‘lagiga aylanmoqda. Ҳарбий raqobat endi Yer bilan cheklanmay, orbitaga ham ko‘chmoqda.
Xulosa qilib aytganda, dunyodagi eng yirik armiyalar haqidagi tasavvur o‘zgarmoqda, zamonaviy harbiy kuch tushunchasi yangi mazmun kasb etmoqda. Ilgari armiya qudrati asosan askar soni bilan baholangan bo‘lsa, bugun texnologiya, sun’iy intellekt, kiber xavfsizlik va kosmik imkoniyat hal qiluvchi ahamiyatga ega. Demak, global xavfsizlik tizimi va davlatlar o‘rtasidagi kuch muvozanati yaqin yillarda yanada murakkablashishi m umkin.
Musulmon Ziyo, O‘zA