Eng kuchli taekvondochilar saralandi
Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida taekvondo va para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakatimiz taekvondo WT assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan chempionatning so‘nggi kunida para taekvondo bo‘yicha Zuhriddin Tohirov, Javohir Aliqulov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Kattalar o‘rtasida o‘tgan taekvondo WT bahslarida Charos Qayumova, Gulsanam Alijonova, Jasurbek Jaysunov, Nikita Rafalovich shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.