“Elparvar” jamoasi – birinchi (+video)
Surxondaryoda “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda Surxondaryo viloyatdagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarda tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” harakati otryadlari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida jami 18 ta jamoa ishtirok etdi va 9 ta shart asosida bellashdi. Ishtirokchilar turli harbiy-sport shartlari, jismoniy mashqlar, amaliy topshiriqlar hamda zehnni charxlash kabi bellashuvlarda o‘z kuch va mahoratini namoyon etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Termiz shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab internatining “Elparvar” jamoasi birinchi, Termiz shahridagi Prezident maktabining “Desantchilar” jamoasi ikkinchi va Qumqo‘rg‘on tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab internatining “Alpomish avlodlari” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, eng kuchli, chaqqon va bilimdon jamoalar aniqlanib, g‘olib hamda sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/cpWC5fPSxy4" title="“Elparvar” jamoasi – birinchi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA