El boshiga ish tushganda
Shu sababdan ham fuqarolarimizga koʻrsatilishi lozim boʻlgan turli xizmatlar onlayn tarzda yoki uyma-uy yurib, xonadonlariga borib amalga oshirilmoqda.
Uyingda oʻtir! deyildimi, oʻtiraylikda endi uyda, barakatopkurlar, pensiyagacha uyingga oʻzlari olib kelib berayotgan boʻlsa, yana nima kerak? – deydi 70 yoshli mehnat faxriysi Ravshan bobo Elmurodov.
Yurtimizda koronavirus pandemiyasi tarqab ketishini oldini olish maqsadida karantin joriy qilinib, aholidan, ayniqsa, 65 yoshdan oshgan fuqarolarimizdan uyda qolish, koʻchaga chiqmaslik talab etilmoqda.
Shu sababdan ham fuqarolarimizga koʻrsatilishi lozim boʻlgan turli xizmatlar onlayn tarzda yoki uyma-uy yurib, xonadonlariga borib amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda koronavirus pandemiyasi tarqab ketishini oldini olish maqsadida karantin joriy qilinib, aholidan, ayniqsa, 65 yoshdan oshgan fuqarolarimizdan uyda qolish, koʻchaga chiqmaslik talab etilmoqda.
Shu sababdan ham fuqarolarimizga koʻrsatilishi lozim boʻlgan turli xizmatlar onlayn tarzda yoki uyma-uy yurib, xonadonlariga borib amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizdagi kabi Sirdaryo viloyatida ham oyning boshi boʻlgani uchun pensiya va nafaqalar tarqatishga kirishildi.
Viloyat prokurori Ravshan Masharipov hamda viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Anvar Karimov karantin davrida pensiya va nafaqalarini uyma-uy tarqatilishini oʻz nazoratiga olgan.
Aksidorlik tijorat “Xalq banki” Sirdaryo viloyati filiali amaliyot boʻlimi gʻaznachilari, Oʻzbekiston Milliy gvardiya qoʻshinlarining viloyatdagi “n” harbiy qismi xizmatchilari va inkasatorlar 10 guruhga boʻlinib, 10 dona maxsus xizmat avtomobillarida pensionerlarning pensiyasini, nafaqaxoʻrlarning nafaqalarini uyma-uy yurib tarqatmoqda.

– Mamlakatimizda karantin eʼlon qilinganligi sababli, 65 yoshdan oshgan fuqarolarning uydan tashqariga chiqmasligi soʻralib, turli-oziq ovqatlar, qishloq xoʻjalik mahsulotlari va hatto biror tansiq taomni koʻnglingiz tusab qolsa ham shartta pishirib uyimizga olib kelib berishmoqda. Bularning hammasi koronavirus degan balo yurtimizga tarqab ketmasligi, biz qariyalar, bolalarimiz, nabiralarimizga yuqib qolmasin, deb qilinmoqda. Uyda qol – deyildimi, shuni qilaylik-da. Nuroniylar koʻchada ovora boʻlib, mahallaga borib “ochred” kutib, charchab qolib, koronavirusni yuqtirib olmasin, deb pensiyamizni ham uyimizga olib kelib berishyapti. Yana nima kerak, oʻzi bizga? El boshiga ish tushib turgan bir paytda, uyingda oʻtir, senlar uchun hamma ishni oʻzimiz qilamiz, deyishdimi, oʻtiraylikda endi uyda, barakatopkurlar!
Ana shunday elparvar, yurtparvar, xalqini oʻylagan Prezidentimizning otasiga ming rahmat! Iloho, koronavirus degan balo yurtimizdan tezroq daf boʻlib, karantin, degan chillasidan tezroq qutilaylik! – deydi aprel oyi pensiyasini oʻz uyida olgan 70 yoshli mehnat faxriysi Ravshan bobo Elmurodov.