edu.bsa.uz platformasi imkoniyatlari kengaymoqda
Bugungi kunda edu.bsa.uz onlayn malaka oshirish platformasi davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz rivojlantirishga xizmat qilayotgan zamonaviy raqamli ta’lim maydoniga aylandi.
Platformada bugungi kunga qadar 9 o‘quv kursi joylashtirilgan, 179 ming 701 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan, 480 ming 779 sertifikat taqdim etilgan.
Platformani yanada takomillashtirish va foydalanuvchilar ehtiyojidan kelib chiqib rivojlantirish maqsadida davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida edu.bsa.uz platformasidan foydalanish holati bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi.
So‘rovnomada 13 ming 545 nafar respondent ishtirok etdi. Ishtirokchilarning 93 foizdan ortig‘i platformani ijobiy baholadi. 8 ming 849 nafar respondent platformani boshqalarga tavsiya qilishini bildirdi.
N.Abduraimova