Dzyudochilarimizning Osiyo chempionatidagi raqiblari aniqlandi
Xitoyning Ordos shahrida 16–19-aprel kunlari kattalar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 20 ta davlatdan jami 205 nafar dzyudochi medallar uchun kurash olib boradi.
Unda O‘zbekiston milliy dzyudo terma jamoasi to‘liq tarkibda ishtirok etadi. Chempionatga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra, vakillarimiz o‘zlarining ilk raqiblarini bilib oldi.
Quyida polvonlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishasiz:
Erkaklar o‘rtasida:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov — Vey Ling Yun (Xitoy)
-60 kg: Doston Ro‘ziyev — Konstantin Simeonidis (BAA)
-66 kg: Zamoxshari Bekmurodov — An Xyun Vu (Koreya Respublikasi)
-73 kg: Elbek Tojiyev — Li Youn Kyul (Koreya Respublikasi)
-81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev — Li Kvok Ving (Gonkong) / Behruzi Hojazoda (Tojikiston)
-90 kg: Nurbek Murtazoyev — Bu Xebi Lige (Xitoy)
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev — Jalasay Jalasay (Xitoy)
+100 kg: Alishep Yusupov — Day Yu-Ming (Koreya Respublikasi) / Perenleyjams Usuxbayar (Mo‘g‘uliston)
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev — Magomedomar Magomedomarov (BAA)
Ayollar o‘rtasida:
-48 kg: Laziza Haydarova — Shen Yi-Chun (Xitoy Taypeyi)
-52 kg: Sita Qadamboyeva — Lam Ti Ngan Ha (Vetnam)
-57 kg: Shukurjon Aminova — Sendbazar Mashbat (Mo‘g‘uliston)
-63 kg: Marjona Nurillayeva — Unnati Sharma (Hindiston)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva — Alina Moldokulova (Qirg‘iz Respublikasi) / Kim Xaymi (Koreya Respublikasi)
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva — Inunganbi Taxellambam (Hindiston)
-78 kg: Marjona Ko‘chimova — Van Che-Si (Xitoy Taypeyi)
-78 kg: Barchinoy Qodirova — Ishrup Narang (Hindiston)
+78 kg: Umida Nig‘matova — Adiyasuren Amarsayxan (Mo‘g‘uliston)
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA