Dzyudo: O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘zgarish ro‘y berdi
Besh yil davomida Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan Lasha Gudjedjia dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasida ish olib borishi rasman tasdiqlandi.
Bu boradagi kelishuvga O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov va Lasha Gudjedjia o‘rasidagi muloqot jarayonida erishildi hamda kelishuv shartnomasiga imzo chekildi.
Aytish lozimki, ushbu mutaxassis yetakchiligida Gruziya terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiadasida 1 ta oltin, 3 ta kumush, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida 1 ta oltin, 2 ta kumush medal qo‘lga kiritgan.
2025-yili Lasha Gudjedjia yetakchiligidagi Gruziya dzyudochilari jahon chempionatining jamoaviy bahslarida chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida ushbu mutaxassis ko‘rsatmalari asosida ishtirok etgan O‘zbekiston dzyudochilari 2 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoada Yaponiyadan keyin 2-o‘rinni egallagandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA