Dzyudo: Buxoroda yosh chempionlar saralanmoqda
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun Buxoro olimpiya zaxiralari kolleji sport majmuasida 2008-2009 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlardan kelgan 800 nafardan ziyod yosh sportchilar ishtirok etayotgan mazkur musobaqa 3 kun davom etadi.
Aynan 11-12 yoshli sportchilar orasidan saralangan chempionlar kelgusida dzyudo bo‘yicha mamlakat terma jamoalarining zaxirasini tashkil qilishi bois bellashuvlarga ota-onalar, murabbiylar va mutaxassislar tomonidan qiziqish juda yuqori.
O‘zbekiston chempionati 4 iyul kuni yakunlanadi.
T. RO‘ZIEV