Duatlon bo‘yicha mamlakat birinchiligi o‘tkazildi
Poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i” hududida duatlon bo‘yicha yoshlar (qizlar) hamda havaskorlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati tashkil etildi.
Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan jami 350 nafar, shundan 200 nafar yosh sportchi hamda 150 nafar havaskor sportchi 24 ta medallar jamlamasi uchun bahslashdi. Ushbu bahslar O‘zbekiston triatlon federatsiyasi rahbariyati tasdiqlagan 35 nafar hakam tomonidan baholandi.
[gallery-28422]
O‘zbekiston Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va triatlon federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda Andrey Sharipov va Diana Valiyeva 40-44 yosh toifalarida o‘tgan bellashuvlarda g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, turli yo‘nalishlarda mamlakat birinchiligining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Javohir Toshxo‘jayev,
Asliddin Alijonov (surat),
O‘zA