Dragone: NATO Sharqiy qanotda Rossiya kuchayishiga munosib javob beradi
– NATO Yevropaning sharqiy qanotida Rossiya kuchlari faollashishiga javoban munosib qarshilik ko‘rsatishga tayyor, – dedi NATO Harbiy qo‘mitasi raisi Juzeppe Kavo Dragone Moskvaning ehtimoliy bosqichma-bosqich hujumidan ogohlantirish ortib borayotgan bir paytda.
– Ittifoq, tuzilma, askar va qurol tayyor, – dedi u Kopengagenda bo‘lib o‘tgan Alyansning 32 nafar yuqori lavozimli generali ishtirokidagi muntazam yig‘ilishda jurnalistlarga. – NATO o‘z kuchini ham son, ham aslaha jihatidan ko‘chaytirishda davom этяпти.
Avvalroq Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Moskva keyingi bir necha oy ichida ittifoqni sinab ko‘rish uchun bosqichma-bosqich NATOning front chizig‘idagi mamlakatlariga dron yoki raketa yo‘naltirishi mumkinligini aytgan edi. Shu fikrni keyinroq Fransiya va Niderlandiya tasdiqladi.
S.Rahimov, O‘zA