Demokratlar Trampni prezidentlikdan chetlatishni talab qildi (+video)
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 2025-yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukrainadagi urushni tartibga solishda yordam taklif qilgan, Putin qadrladi va Budapeshtni Tramp bilan uchrashuv uchun munosib joy deb bildi; Fransiyada 7-aprel tezyurar poyezd harbiy yuk mashinasi bilan to‘qnashib, mashinist halok bo‘ldi, 13 kishi jarohat oldi; AQSH Kongressidagi demokratlar Trampni lavozimdan chetlatishga chaqirdi, sulh Pokistan vositachiligida amalga oshdi; Ispaniyada muxlislar musulmonlarni haqorat qildi, FIFA intizomiy ish ochdi; Bog‘dodda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittleson ozod qilindi; AQSH va Eron ikki haftaga o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi; Misrda ENI va BP Petrobel «Timsoh» gaz konini topdi, 56,6 milliard kubometr gaz va 130 million barrel neft kondensati mavjud, bu Eron bilan urush fonida strategik ahamiyatga ega.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/UvVxhNYODVM" title="Demokratlar Trampni prezidentlikdan chetlatishni talab qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>«Xizmatingizga tayyorman». Viktor Orban Putinga yordam taklif qilgan — Bloomberg
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 2025-yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukrainadagi urushni tartibga solish bo‘yicha Budapeshtda sammit o‘tkazish kabi masalalarda «har qanday usul bilan» yordam berishni taklif qilgan. Bloomberg e’lon qilgan telefon muloqoti stenogrammasiga ko‘ra, Orban Putinga do‘st sifatida murojaat qilgan va «xizmatingizdaman» degan. Putin Orbanning yordam taklifini qadrlagani, shuningdek, Budapeshtni Tramp bilan uchrashuv uchun Yevropadagi munosib joy deb hisoblashini bildirgan. Orban Ukraina urushi fonida Rossiya bilan iliq aloqalarni saqlab qolgan va mamlakatning neft hamda gazga qaramligini davom ettirmoqda, shu bilan birga, Yevropa Ittifoqining Ukrainaga beriladigan kreditini bloklab kelmoqda.
Fransiyada tezyurar poyezd harbiy yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi
Fransiyada 7-aprel kuni tezyurar poyezd temiryo‘l kesishmasida harbiy yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida mashinist halok bo‘ldi, ikki kishi o‘ta og‘ir ahvolda, 11 kishi esa yengil jarohat oldi. Hodisa Betun va Lans shaharlari oralig‘ida, mahalliy vaqt bilan tonggi soat 07:00 da sodir bo‘lgan. Yuk mashinasi harbiy texnika olib ketayotgan bo‘lib, haydovchi politsiya tomonidan hibsga olindi. Fransiya transport vaziri voqea joyiga yetib borganini bildirgan, temiryo‘l operatori va prefektura hodisaning tafsilotlari bo‘yicha aniq ma’lumot bermadi. Poyezdlar harakati kechgacha to‘xtatilgan, ma’lumot uchun tezyurar liniyalarda bunday jiddiy baxtsiz hodisalar kamdan-kam uchraydi.
Demokratlar Trampni prezidentlikdan chetlatishni talab qildi
AQSH Kongressidagi bir necha o‘nlab demokratlar prezident Donald Trampni 7-aprel kungi bayonoti, jumladan Eronning «butun bir sivilizatsiyasini» yo‘q qilish bilan tahdid qilgani sababli lavozimidan chetlatishga chaqirdi. 70 dan ortiq qonunchi impichment va Konstitutsiyaning 25-tuzatishini qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Kongress a’zolari, jumladan Yassamin Ansari va Ilhan Umar Trampni «muvozanatni yo‘qotgan telba» deb atab, uni zudlik bilan mansabidan chetlatishni talab qilmoqda. Demokratlar impichment ovozi berishdan tortib, Vazirlar mahkamasiga 25-tuzatishni qo‘llash talabi bilan murojaat qilishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, Trampning Eronga tahdidlari ortidan 12 kunlik sulh Pokiston vositachiligida amalga oshirildi, neft narxlari esa tushib bormoqda.
Ispaniyalik muxlislar musulmonlarni haqorat qilgani ortidan FIFA surishtiruv boshladi
Xalqaro futbol federatsiyasi Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiga rasmiy surishtiruv ochdi. 31-mart kuni Barselonadagi stadionda o‘tgan Ispaniya va Misr o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida ispan muxlislarining bir qismi «Kim sakramasa, o‘sha musulmon» mazmunidagi haqoratli hayqiriqlar qilgan. Videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Ispaniya hukumati va Bosh vazir Pedro Sanches holatni «qabul qilib bo‘lmas» deb atadi. Terma jamoa futbolchisi Lamin Yamal bu harakatni shaxsiy hurmatsizlik sifatida baholadi. FIFA 7-aprel kuni intizomiy ish ochganini tasdiqlab, irqchilik va kamsitishning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashda davom etishini bildirdi.
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist ozod etildi
Iroqning Bag‘dod shahrida bir hafta oldin o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittleson ozod qilindi. Bu haqida AQSH davlat kotibi Marko Rubioga tayanib, BBC xabar berdi, Kittlesonning ozod etilishi Tramp ma’muriyatining fuqarolar xavfsizligini ta’minlash siyosatini aks ettiradi. Eron bilan aloqador «Katoib Hizbulloh» guruhi jurnalistni qo‘yib yuborishni bildirgan, biroq u Iroqni zudlik bilan tark etishi sharti qo‘yilgan. Shelli Kittleson ilgari Afg‘oniston, Iroq va Suriyadagi mojarolarni yoritgan va hozir AQSH uning mamlakatdan xavfsiz chiqishini ta’minlash ustida ishlamoqda.
AQSH va Eron ikki haftaga o‘t ochishni to‘xtatdi
AQSH va Eron ikki haftaga o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi. Prezident Donald Tramp o‘z tarmog‘ida bu qaror Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif va quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Asim Munir bilan suhbatdan keyin qabul qilingani, Eronga beriladigan zarbalar 14 kunga to‘xtatilishi haqida ma’lum qilindi. Trampning aytishicha, qaror AQSH harbiy maqsadlarining bajarilganligi va uzoq muddatli tinchlik uchun imkoniyat yaratishi bilan izohlanadi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi esa qurolli kuchlar Hormuz bo‘g‘ozi orqali xavfsiz o‘tishni ta’minlash sharti bilan mudofaa harakatlarini to‘xtatishini bildirdi. Tomonlar ikki haftalik muddat davomida muzokaralarni yakunlashni rejalashtirmoqda.
Misrda energetik inqiroz fonida 56 mlrd kubometrlik yirik gaz koni topildi
Italiyaning ENI kompaniyasi va Misr hukumati O‘rta Yer dengizining sharqiy qismida «Timsoh» gaz koni topilganini e’lon qildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, kon zaxirasi 56,6 milliard kubometr gaz va 130 million barrel neft kondensatini o‘z ichiga oladi. Kashfiyot Eron bilan urush fonida energiya inqirozi bilan yuzlashayotgan Misr va Yevropa uchun strategik ahamiyatga ega. Hozirda Denise qudug‘i sinovdan o‘tkazilmoqda, keyinchalik qo‘shimcha quduqlar qaziladi va dengiz ustida ishlab chiqarish platformasi quriladi. Loyihani ENI va BP Petrobel qo‘shma korxonasi orqali boshqaradi, topilma Misrning ichki ishlab chiqarish va import xarajatlarini kamaytirishga qanday ta’sir qilishi esa urushning davomiyligiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Nozimbek Mardonov, Salim Obidjonov O‘zA