De la Fuente: “Merino istalgan jamoada o‘ynay oladigan futbolchi”
Unda juda ko‘p sifatlar mujassam.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente JCH–2026 chorak finalida Belgiya ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabada hal qiluvchi gol muallifiga aylangan Mikel Merinoning o‘yiniga yuqori baho berdi.
“Unda juda ko‘p sifatlar mujassam. Bunday futbolchi istalgan terma jamoa yoki klub safida o‘ynay oladi. U bizning tarkib va taktik sxemamizga mukammal mos tushadi. Biz uning har qanday vaziyatda jamoaga yordam berishga tayyor ekaniga ishonamiz”, — dedi de la Fuente.
Merino JCH tarixida pley-off bosqichida zaxiradan maydonga tushib, ketma-ket ikki uchrashuvda g‘alaba golini urgan ilk futbolchiga aylandi.
U avvalroq 1/8 finalda Portugaliyaga qarshi bahsda 85-daqiqada maydonga tushib, 90+1-daqiqada yagona golni urgandi. Chorak finalda esa Belgiyaga qarshi o‘yinda yana zaxiradan maydonga tushib, Ispaniyaga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.