Cho‘ponlar muammolari hokim nazoratida
Buxoro viloyatidagi “Qorovulbozor qorako‘lchilik” korxonasi 1974 yilda tashkil etilgan. bugungi kunda bu yerda 25 ming bosh qorako‘l qo‘ylari parvarishlanmoqda. Shulardan 16 mingtasi ona qo‘ylardir. 98 ming gektar yaylov yeri bo‘lgan qorako‘lchilik shirkatida 123 nafar xodimlar mehnat qilayotir.
– Parvarishlanayotgan qorako‘l qo‘ylari uchun 220 tonnadan ortiq kuchli ozuqa zaxirasi hamda 100 tonnadan ortiq ozuqa xashaklari jamlangan, – deydi jamiyat rahbari Ahmad Ibragimov.
Qish qirovli kunlarda Qorovulbozor tumani hokimi Akmal Ostonov “Qorovulbozor qorako‘lchilik” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tuman hokimi mavjud ozuqa zaxirasini ko‘zdan kechirdi. Sovuq ob-havo sharoitida qo‘ylarni parvarishlashga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlab, mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Anomal sovuq sabab Qorovulbozor cho‘llarida havo harorati pasaygani cho‘ldagi cho‘ponlarga qiyinchilikr tug‘dirmoqda.
Shu maqsadda tuman hokimi Akmal Ostonov cho‘l hududida qo‘y boqish bilan shug‘ullanayotgan cho‘ponlar holidan xabar oldi. Ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

Tuman hokimi cho‘ponlar bilan suhbatlashdi. Ularning muammo va takliflarini o‘rgandi. Takliflar asosida cho‘l hududida chorva mollarini sug‘orish maqsadida quduqlar qazilishi ta’kidlandi. Sahro bag‘rida qaziladigan ushbu quduqlar boshqalaridan farq qiladi. Mazkur quduqdan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi yordamida suv chiqariladi.

O‘rganishlar jarayonida tuman hokimi mas’ullarga sovuq ob-havo sharoitida cho‘ponlarga zarur sharoitlarni yaratish hamda qorako‘l qo‘ylarini yanada ko‘paytirib, sifatini yaxshilash bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Zarif Komilov,
O‘zA