Buxoro davlat pedagogika institutida 400 o‘rinli talabalar turar joyi ochildi
FOTOREPORTAJ
Buxoro davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar uchun 400 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.
Institutning Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti hududida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan mazkur turar joyda talabalarning yashashi, o‘qishi va dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
[gallery-31216]
Xonalar zamonaviy mebel va zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Talabalarning mustaqil ta’lim olishi, dam olishi va kundalik ehtiyojlarini ta’minlash uchun tegishli infratuzilma shakllantirilgan. Shuningdek, binoda sanitariya-gigiyena talablariga mos sharoitlar hamda o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan xonalar mavjud.
Qayd etilganidek, yangi talabalar turar joyining foydalanishga topshirilishi talabalarning yashash sharoitini yanada yaxshilash, ularning ta’lim olishi uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA