Bunyodkorlik ishlari qizg‘in
Ulkan bunyodkorlik ishlari samarasida Farg‘ona viloyati markazi tobora chiroy ochib bormoqda.
Davlatimiz rahbarining 2011-yil 15-noyabrda qabul qilingan Farg‘ona shahrining bosh rejasini amalga oshirish, 2012-2015-yillarda ijtimoiy va transport-kommunal infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlariga oid qarori asosida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari samarasida Farg‘ona viloyati markazi tobora chiroy ochib bormoqda.
“Ravon yo‘l servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan o‘tgan yili shaharning Sohibqiron Temur va Xo‘jand ko‘chalarida uchta ko‘p qavatli zamonaviy uy-joy qurib bitkazilgan edi. Ayni paytda korxona bunyodkorlari Mustaqillik mavzesida “Baxt uyi” binosini qurish ishlarini olib bormoqda.