Bugungi talabaning o‘ylari: Oliy ta’limimizdagi 3 ta dolzarb savol (+video)
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bitiruvchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichlarini oshirish uchun o‘quv rejalarini zamonaviy bozor talablariga muvofiqlashtirish zarurati mavjud.
Bugungi talabalar kayfiyatiga o‘quv yuklamasining hajmi, universitetdagi ijtimoiy muhit va kelajakka bo‘lgan ishonch ta’sir ko‘rsatadi. Talabalarning mustaqil fikrlashini rag‘batlantirish va ularni ilmiy-ijodiy jarayonlarga ko‘proq jalb qilish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi.
OTMlarning moliyaviy mustaqillikka o‘tishi sharoitida kontrakt to‘lovlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati masalasi diqqat markazida. Talabalar uchun zamonaviy laboratoriyalar, raqamli kutubxonalar va qulay infratuzilma yaratish borasidagi islohotlar bosqichma-bosqich davom etmoqda.
OTM dasturlari bugungi ish beruvchilar talablariga qanchalik mos kelmoqda?
Talabalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishda qanday omillar yetakchilik qilmoqda?
Shartnoma mablag‘lari va ta’lim xizmatlari sifati o‘rtasidagi mutanosiblik qanday ta’minlanmoqda?
Mazkur savollarga javob topish uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Rektorining Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdulaziz Abduraxmanov bilan "Birga bir" suhbatlashdik.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/PUAwPmy9rg0" title="Hukumat sun’iy intellektni nazoratda saqlay oladimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov (video), O‘zA