Braziliya futboli tarixidagi eng yaxshilar reytingi: Pele peshqadam, Neymar esa kuchli o‘nlikda yo‘q
Four Four Two nashri Braziliya tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingini e’lon qildi.
Kutilganidek, ushbu ro‘yxatni «futbol qiroli» Pele boshqarib bormoqda. Pele o‘z faoliyati davomida uch bor — 1958, 1962 va 1970-yillarda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
Ikkinchi o‘rinni «so‘yloq» Ronaldo egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka Garrincha yakun yasadi. Keyingi o‘rinlarda mos ravishda Ronaldinyo, Romario, Rivaldo, Ziko, Sokrates, Jairzinyo va Kaka joylashgan.
Qiziqarli jihati shundaki, Braziliya milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishiga qaramay, Neymar kuchli o‘nlikdan joy olmadi. Neymarning «selesao» libosidagi gollari soni 79 tani tashkil etadi.