Boshlang‘ich partiya tashkilotining yangi tarkibi saylandi
FOTOREPORTAJ
Andijon viloyati Asaka tumanida joylashgan “Uz Auto Motors” qo‘shma korxonasi qoshidagi O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti (BPT)da hisobot saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.
Partiya faollari davrasida o‘tkazilgan tadbirda korxonaning 2024 yil davomida amalga oshirgan ishlari, shuningdek salkam 20 yillik hamkorlik davomida o‘zaro aloqalar mustahkamlanib, korxonaning erishgan yutuqlari, davlatimiz iqtisodiyoti va xalqaro nufuzini oshirishdagi xizmatlari sarhisob qilindi. Boshlang‘ich partiya tashkilotining 2025 yil uchun ish rejasi tasdiqlandi. “Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”da ko‘rsatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda BPTning 2025 yildagi ustuvor vazifalari belgilanib olindi.
[gallery-21900]
Hisobot-saylov yig‘ilishida boshlang‘ich partiya tashkilotining yangi tarkibi saylandi. Korxona qoshidagi BPT raisligiga Sh. Mamirov nomzodi ko‘rsatildi va barcha partiya faollari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Yig‘ilish yakunida bir guruh faol a’zolarga partiyaning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA